«Chelsi» klubining 36 yoshli yarimhimoyachisi Jordan Henderson Angliya milliy jamoasi safiga qaytishga umid bildirdi. Futbolchi so‘nggi FIFA kunlarida inglizlar safida maydonga tushmagandi.
«Menda Angliya milliy jamoasida o‘ynash istagi doimo bo‘ladi. Hamon eng yuqori saviyada o‘ynay olishimga ishonaman. Ammo buning uchun «Chelsi»dagi vazifamni bajarishim, yaxshi natijalar ko‘rsatishim kerak. Keyin esa vaziyat qanday kechishini ko‘ramiz.
Angliya milliy jamoasi sharafini himoya qilish men uchun hamisha katta sharaf va juda muhim voqea bo‘lib qoladi. Agar jamoaga foyda keltira olishimni his qilsam, albatta, milliy jamoa o‘yinlarida ishtirok etishni xohlayman.
Hozircha futbol o‘ynayotgan va o‘zimni yaxshi his qilayotgan ekanman, milliy jamoaga chaqirilish imkoniyatiga ega bo‘lishni doimo istayman. Albatta, bu bosh murabbiyga, uning tarkib va boshqa masalalar bo‘yicha qabul qiladigan qarorlariga bog‘liq. Mening vazifam — yaxshi o‘yin ko‘rsatishda davom etish va vaziyatni qanday bo‘lsa, shunday qabul qilish», — deya Hendersonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal.
«Hamon yuqori saviyada o‘ynay olishimga ishonaman» — Henderson Angliya safiga qaytmoqchi
Futbol
19 oktabr, 09:40
3
«Chelsi» yarimhimoyachisi milliy jamoadan chaqiruv olishga umid qilmoqda.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi