«Barselona» klubi Alejandro Baldening o‘rniga «Yuventus» himoyachisi Andrea Kambyazoni taklif qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Calciomercato nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Turin klubi italiyalik 26 yoshli futbolchining transferini 30 million yevroga baholamoqda. Qizig‘i, «Yuventus»ning o‘zi ham Baldega qiziqish bildirmoqda. «Barselona» esa ispaniyalik himoyachining qiymatini 40–50 million yevro atrofida baholagan.
Shuningdek, Balde qishki transfer oynasida «Roma»ga ijara asosida o‘tishi mumkin. Kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish imkoniyati ham ko‘zda tutilishi aytilmoqda.
Andrea bu mavsumda barcha musobaqalarda 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta golli uzatma amalga oshirdi. Uning «zebralar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.