Madridning «Real» klubi sobiq yarimhimoyachisi Stiv Makmanaman «Oltin to‘p» sovriniga nima uchun «qaymoqranglilar» forvardi Kilian Mbappe «Barselona» vingeri Lamin Yamaldan ko‘ra, haqliroq ekanligini aytib o‘tdi.
«Men Kilian Mbappeni tanlagan bo‘lardim. U vaziyatni o‘zgartirib yubora oladigan va eng muhim o‘yinlarda gol urishni uddalaydigan futbolchi. U bosimni yengib o‘tish uchun yetarlicha tajribaga ega.
Lamin Yamal — juda iqtidorli futbolchi va yosh bo‘lishiga qaramay, ajoyib natijalar ko‘rsatdi. Ammo men hozir ulardan birini tanlashimga to‘g‘ri kelsa, men sorvinni Mbappega bergan bo‘lardim», — deya Makmanaman so‘zlaridan iqtibos keltiradi Sport.es.
Eslatib o‘tamiz, «Oltin to‘p» — 2026 sovrinini topshirish marosimi dushanba, 26 oktyabr kuni Londonda bo‘lib o‘tadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi