Madridning «Real» klubi darvozaboni Tibo Kurtua gripp bilan kasallangani sababli Ispaniya chempionatining 10-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi uchrashuvda ishtirok etmaydi. Bu haqda «qirollik klubi» matbuot xizmati rasmiy saytida ma’lum qildi.
Belgiyalik darvozabonning o‘rniga «Real» qaydnomasiga 19 yoshli golkiper Illya Voloshin kiritildi. Shuningdek, jamoa tarkibidan ukrainalik darvozabon Andrey Lunin ham o‘rin olgan.
Ma’lumot uchun, «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 25-oktabrdan 26-oktabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.
Kurtua bu mavsumda barcha musobaqalar doirasida 12 ta uchrashuvda ishtirok etib, ikkita bahsda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Darvozabonning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027-yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 15 million yevroni tashkil etadi.