Bugun
156
O'zbek

Upamekano «Oltin to‘p» topshirish marosimi oldidan Keyn va Mbappeni solishtirdi

Futbol
25 oktabr, 04:46
Fransiya milliy jamoasi va «Bavariya» klubi himoyachisi «Oltin to‘p» uchun nmozodlar haqida gapirdi.
Upamekano «Oltin to‘p» topshirish marosimi oldidan Keyn va Mbappeni solishtirdi
Foto: Gettyimages

«Bavariya» va Fransiya milliy jamoasi markaziy himoyachisi Dayot Upamekano «Oltin to‘p»ga da’vogarlik qilayotgan Harri Keyn va Kilian Mbappe haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

Mukofot 26 oktyabr, dushanba kuni topshiriladi. Keyn va Mbappe favoritlar qatorida tilga olinmoqda.

«Hammamiz bilamizki, Harri himoyachi, yarimhimoyachi va hujumchi bo‘la oladi — u istalgan joyda o‘ynashga qodir. U bilan bir jamoada to‘p tepish men uchun sharaf. Kilian portlovchi, juda tez va qanday gol urishni yaxshi biladi.

Ular har xil, ammo ularni har bir o‘yinda gol urishga intilish birlashtiradi. Bu ularning kuchi. Ikkalasiga ham [«Oltin to‘p» marosimida] omad tilayman. Hammasi qanday kechishini ko‘ramiz», - deya Upamekanoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Bayern & Germany nashri.

Eslatib o‘tamiz, Harri Keyn o‘tgan mavsum yakuniga ko‘ra, Yevropaning «Oltin butsasi» sohibiga aylandi, Kilian Mbappe esa La Liga, Chempionlar Ligasi va Jahon chempionatining to‘purarlar poygasida g‘olib chiqdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar