Bugun
156
O'zbek

Kanselu: «Bernardu — yaqin do‘stim, biz «el klasiko» haqida ko‘p gaplashamiz»

Futbol
25 oktabr, 04:31
    2
«Barselona» qanot himoyachisi Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi bilan aloqalari haqida gapirdi.
Kanselu: «Bernardu — yaqin do‘stim, biz «el klasiko» haqida ko‘p gaplashamiz»
Foto: Gettyimages
25.10.2026, 16:00 Ispaniya La Ligasi Barselona Barselona - : - Real Madrid Real Madrid

«Barselona» qanot himoyachisi Joau Kanselu «el klasiko» arafasida Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Bernardu Silva bilan aloqalari haqida gapirdi.

Ispan futbolining ikki grandi to‘qnashuvi bugun, 25 oktyabr tunda, Toshkent vaqti bilan 01:00da start oladi.

«Bernardu – eng yaqin do‘stlarimdan biri, biz «el klasiko» haqida ko‘p gaplashamiz. Biz uzoq yillar birga o‘ynadik va bir kun kelib dunyodagi eng ko‘p tomosha qilinadigan o‘yinda bir-birimizga qarshi chiqishimizga to‘g‘ri kelishini kim o‘ylabdi deysiz.

Barcha-barcha o‘yinni intiqlik bilan kutmoqda va tomoshabinlar chiroyli bellashuvdan zavq olishadi. Bernardu o‘z jamoasi uchun, men esa – o‘zimniki uchun kurashamiz, ammo bizning do‘stligimizga bu ta’sir qilmaydi. Men unga doimo katta hurmat va havas bilan qarayman», – dedi Kanselu Madrid Zone nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, «ko‘k-anorranglilar» La Liga musobaqa jadvalida 27 ochko bilan yetakchi bo‘lsa, «qaymoqranglilar» – hisobida 21 ochko mavjud. Mourinio jamoasi uchinchi pog‘onani band etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar