Bugun
156
O'zbek

Kerrik: «Pressing» so‘zini ko‘pincha noo‘rin ishlatishmoqda»

Futbol
25 oktabr, 03:34
    6
«MYu» ustozi jamoatchilikni vaziyatni to‘liq anglab yetmay, turli gaplar gapirmaslikka chaqirdi.
Kerrik: «Pressing» so‘zini ko‘pincha noo‘rin ishlatishmoqda»
Foto: Gettyimages
25.10.2026, 10:00 Angliya Premer-ligasi Manchester Yunayted Manchester Yunayted - : - Bornmut Bornmut

«Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Maykl Kerrik jamoatchilikni vaziyatni to‘liq tushunmay, turli gaplar gapirmaslikka chaqirdi.

«Bizni «yugurmayapti» deyishdan avval o‘ylab ko‘rishni, bunday fikr bildirishda ehtiyot bo‘lishni maslahat beraman. Hamma birdaniga pressing haqida gapirib qoldi, ammo bu futbolning kichik bir qismi xolos. Bu tushunchani turlicha talqin qilish mumkin. Aslida pressing nima degani? Siz uni qanday maqsadda qo‘llamoqchisiz? Bunga o‘zi qodirmisiz? Bu boshqa zonalarni bo‘sh qolishiga sabab bo‘lmayaptimi? «Pressing» so‘zini hozir ko‘pincha noo‘rin ishlatishmoqda. Pressing – bu g‘alaba uchun majburiy faktor emas. Ba’zida bu o‘rinli, ammo ba’zan esa – yo‘q. Hozir bu so‘zni ishlatish modaga aylangan», – deya Kerrik so‘zlaridan iqtibos keltiradi insayder Fabritsio Romano.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 25 oktyabr kuni «qizil iblislar» «Bornmut»ga qarshi maydonga tushadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Bornmut Bornmut
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar