«Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasidagi omadsiz starti bilan 1986-yildan beri kuzatilmagan salbiy natijani takrorladi. Jamoa 30-avgust kuni «Ipsvich Taun»ni 5:2 hisobida mag‘lub etganidan beri chempionatda faqat bitta g‘alabaga erishgan.
1986-yilda ham «Manchester Yunayted» mavsumni shu kabi natijalar bilan boshlagan edi. O‘sha vaqtda jamoa bosh murabbiyi Ron Atkinson noyabr oyida iste’foga chiqarilgan. Uning hisobida ham atigi bitta g‘alaba bor edi.
Ma’lumot uchun, Atkinson o‘rnini Aleks Fergyuson egallagan. Shotlandiyalik mutaxassis bungacha «Aberdin» bilan katta muvaffaqiyatlarga erishib, Shotlandiya futbolida «Seltik» va «Reynjers» hukmronligiga barham bergan edi. Keyinchalik u «Manchester Yunayted» tarixidagi eng muvaffaqiyatli murabbiylardan biriga aylandi va «ser» unvoniga sazovor bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, «Manchester Yunayted» navbatdagi bahsini «Bornmut»ga qarshi o‘tkazadi.