Bugun
38
O'zbek

«Sampdoriya» yana murabbiy qidirmoqda

Futbol
21 oktabr, 02:00
Italiya klubi B Seriya turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasiga tushib ketdi.
«Sampdoriya» yana murabbiy qidirmoqda
Foto: Getty Images

«Sampdoriya» bosh murabbiy Bernardo Korradini iste’foga chiqarib, uning o‘rniga Marko Jampaoloni tayinlash variantini ko‘rib chiqmoqda. Jamoaning o‘z maydonida «Aretsso»ga mag‘lub bo‘lishi amaldagi murabbiyning kelajagi borasidagi xavotirlarni kuchaytirdi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, klub rahbariyati «Sampdoriya»ning sobiq ustozi Jampaolo bilan dastlabki aloqalarni o‘rnatgan. Jamoa rahbarlari turnir jadvalining eng quyi pog‘onasiga tushib qolgan klubning kelajagini muhokama qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Jampaolo avval ham «Sampdoriya»ni boshqargan. Klub uni uchinchi marta bosh murabbiylikka taklif qilishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, «Sampdoriya» 2023-yilda Italiya yuqori divizionini tark etgan. Shundan buyon jamoa B Seriyada barqaror natijalarga erishishda qiynalmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Sampdoria Sampdoria
Bugungi yangiliklar