Bugun
38
O'zbek

Yamal ushbu mavsumda 10 ta gol va 10 ta assist qayd etgan ilk futbolchi bo‘ldi

Futbol
21 oktabr, 01:00
«Barsa» hujumchisi Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari vakillari orasida ushbu natijaga birinchi bo‘lib erishdi.
Yamal ushbu mavsumda 10 ta gol va 10 ta assist qayd etgan ilk futbolchi bo‘ldi
Foto: Getty Images
20.10.2026 FT Chempionlar ligasi Manchester Siti Manchester Siti 5 : 1 AEK Athens AEK Athens

«Barselona» hujumchisi Lamin Yamal ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 10 ta gol urib, 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Opta statistik portali X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, ispaniyalik futbolchi Angliya, Ispaniya, Germaniya, Italiya va Fransiya chempionatlari vakillari orasida har ikki ko‘rsatkich bo‘yicha ikki xonali natijaga erishgan ilk futbolchi bo‘ldi.

Yamal mavsumdagi 10-golini Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turida «PSJ» darvozasiga kiritdi. Biroq parijliklar ushbu bahsda 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. 19 yoshli hujumchi Chempionlar ligasining ushbu mavsumida ikkita gol urib, to‘rtta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ma’lumot uchun, Yamal «PSJ»ga qarshi bahsda 79-daqiqada gol urdi. Bu «Barselona»ning o‘yindagi ikkinchi goli bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» navbatdagi o‘yinini 25-oktyabr kuni Ispaniya chempionatining 10-turi doirasida «Real»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • AEK Athens AEK Athens
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar