«PSJ» hujumchisi Dezire Due «Barselona»ga qarshi Chempionlar ligasi bahsidan so‘ng Lamin Yamal bilan taqqoslanishiga munosabat bildirdi. Parijliklar ushbu bellashuvda 4:2 hisobida g‘alaba qozongan edi.
«Bu Dezire Due va Lamin Yamal o‘rtasidagi qarama-qarshilik emasdi. Bu «PSJ» va «Barselona» o‘rtasidagi bahs edi. Men hech kimning e’tiborini o‘zimga tortib oldim, deb o‘ylamayman. O‘z jamoam uchun o‘z futbolimni namoyish etyapman.
Lamin, albatta, ajoyib futbolchi. «Barselona»da ham ko‘plab kuchli o‘yinchilar bor. Ularga ham qoyil qolish kerak», — dedi Due. Uning so‘zlarini jurnalist Fabritsio Romano keltirdi.
Ma’lumot uchun, Due «PSJ»ning «Barselona» ustidan qozongan 4:2 hisobidagi g‘alabasida gol urgan futbolchilardan biri bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur bahs Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turi doirasida Parijda o‘tkazildi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi