«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik klubdagi mavqei va ehtimoliy iste’fosi haqidagi gap-so‘zlarga izoh berdi. Mutaxassis o‘z vazifalari va jamoadagi mas’uliyatini yaxshi anglashini ta’kidladi.
«Hammasi juda aniq. Men o‘z rolimni ham, vazifalarimni ham bilaman. Ishlar qachon yaxshi ketayotgani yoki nimanidir tuzatish kerakligini menga boshqa birov aytishi shart emas. Buni o‘zim ham tushunaman. Haqiqiy vaziyatni bilaman va bu meni umuman xavotirga solmaydi. Bu borada qo‘shimcha aytadigan gapim yo‘q.
Ishlar iziga tushishi uchun o‘yinlarda g‘alaba qozonishimiz kerakligini bilaman. Klub tomonidan so‘zsiz qo‘llab-quvvatlanayotganimni his qilyapmanmi? Ha, albatta. Bu yerdagi barcha bilan munosabatlarim a’lo darajada. Hech qanday muammo yoki e’tiroz yo‘q. Biz g‘alaba qozonishimiz kerak va aynan shu maqsad sari intilyapmiz», — deya Kerrikning so‘zlarini keltiradi The Sun.
Ma’lumot uchun, «Manchester Yunayted» Angliya Premyer-ligasining dastlabki yetti turidan so‘ng yetti ochko jamg‘argan holda turnir jadvalida 13-o‘rinni egallab turibdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi