«Manchester Yunayted»ning sobiq murabbiyi Erik ten Hag o‘z jamoasida hujumchi Harri Keynni ko‘rishni xohlayotganini ma’lum qildi.
«Rahbariyatga faqat bitta o‘yinchi — Keyn bilan shartnoma imzolashni xohlayotganimni aytdim. Men uning «Manchester Yunayted»ga o‘tishga juda ijobiy munosabatda bo‘lganini eshitdim, lekin biz u bilan bu masalani hech qachon muhokama qilmaganmiz. Oxir-oqibat nima bo‘lganini bilmayman», - deya ten Hagning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Athletic.
Ma’lumot uchun, faoliyatining katta qismini «Tottenhem»da o‘tkazgan Keyn-2023-yilning yozida Myunxenning «Bavariya» jamoasiga o‘tdi. Transfer summasi 95 million yevroni tashkil etdi.
Avvalroq niderlandiyalik mutaxassis Skott Maktomineyning transferi tufayli "Manchester Yunayted" rahbariyatini ayblagan edi.