Live
5
O'zbek

Mourinio Vinisius haqida: «Almashtirib bo‘lmaydigan futbolchi yo‘q»

Futbol
20 oktabr, 10:08
    4
«Real» bosh murabbiyi braziliyalik vinger haqida gapirdi.
Mourinio Vinisius haqida: «Almashtirib bo‘lmaydigan futbolchi yo‘q»
Foto: Gettyimages

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinio jamoa vingeri Vinisius Junior haqida gapirdi. Portugaliyalik mutaxassisdan Vinisius «qaymoqranglilar» asosiy tarkibidagi o‘rnidan ajralib qolishi mumkinmi, degan savolga javob qaytardi.

«Futbolchilar uchun «tegib bo‘lmaydigan» degan tushuncha ishlamaydi. Menga bunday konsepsiya umuman yoqmaydi. Futbolchini alishtirib bo‘lmaydigan qiladigan yagona narsa – bu uning maydondagi harakatlari», - dedi Mourinio matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, «Real Madrid» ertaga, chorshanba 21 oktyabr kuni UYEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqich uchinchi turi doirasida o‘z maydonida Germaniyaning «Leypsig» jamoasini qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 23:59da start oladi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar