Superliga yoʻllanmasi va bir vaqtning oʻzida Proliga gʻolibligini qoʻlga kiritgan «Orol» futbol klubiga kubok topshirish marosimi 1 noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Bu haqda OʻzPFL matbuot xizmati xabar berdi.
«Proliganing navbatdagi turida «Orol» Gʻuzorda «Shoʻrtan» mehmoni boʻladi. 25-turda esa nukusliklar «Gʻazalkent» futbol klubini qabul qiladi. 1 noyabr kungi bellashuv soat 18:00 da start olishi rejalashtirilgan.
«Gʻazalkent» bilan oʻyin yakshanba, dam olish kuniga toʻgʻri kelayotgani qoraqalpogʻistonlik futbol muxlislariga uzoq kutilgan Superliga yoʻllanmasini nishonlashda qoʻl kelishi shubhasiz.
Ayni vaqtda gʻazalkentliklar pley-off yoʻllanmasi uchun kurashni davom ettirayotganidan kelib chiqilsa, bellashuvning oʻzi ham qiziqarli kurashlar ostida kechishiga shubha yoʻq», — deyiladi xabarda.