Live
2
O'zbek

Kivu: «Shaxtyor» - kuchli jamoa»

Futbol
20 oktabr, 12:28
Milanliklar ustozi YECHL doirasida Ukraina jamoasiga qarshi bahs oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Kivu: «Shaxtyor» - kuchli jamoa»
Foto: Gettyimages
21.10.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Inter Inter - : - Shakhtar Donetsk Shakhtar Donetsk

Milanning «Inter» klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu UYEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqich doirasidagi navbatdagi raqib «Shaxtyor» haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. O‘yin 21 oktyabr kuni «Juzeppe Meatssa» stadionida bo‘lib o‘tadi.

«Shaxtyor» - kuchli jamoa. Jamoa tarkibida ajoyib ijrochilar bor va ular tezkor va intensiv o‘yin namoyish etishadi. Murabbiy jamoa o‘yinini yazshi tashkillashtira olgan. «Shaxtyor» to‘p bilan ham, usiz ham yaxshi harakat qila oladi, aniq o‘yin uslubiga ega. O‘tmishdagi natijalar hozir hech nimaga ta’sir ko‘rsata olmaydi, biz o‘z kuchimizga ishonishimiz va o‘zligimizni yo‘qotmasligimiz zarur», - deya Kivu so‘zlaridan iqtibos keltirdi UYEFA rasmiy sayti.

Ma’lumot uchun, «Inter» va «Shaxtyor» jamoalarining Chempionlar Ligasidagi o‘zaro o‘yinlar statistikasiga nazar tashlasak, raqiblar 6 bor to‘qnash kelganini ko‘ramiz. Italiya klubi 2 bor g‘alaba qozongan bo‘lsa, qolgan 4 ta bellashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. To‘plar farqi 5-1.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Shakhtar Donetsk Shakhtar Donetsk
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar