Live
3
O'zbek

Keyn: «Bavariya»ni og‘ir bahs kutmoqda»

Futbol
20 oktabr, 08:48
Myunxenliklar hujumchisi «Arsenal»ga qarshi o‘yin haqida gapirdi.
Keyn: «Bavariya»ni og‘ir bahs kutmoqda»
Foto: Getty Images
21.10.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Bavariya Bavariya - : - Arsenal Arsenal

«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 3-turida «Arsenal»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahs haqida fikr bildirdi.

«Yevropaning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi maydonga tushganingda, bunday lahzalarni qadrlashing kerak. Biz bu chaqiriqni qabul qilishga tayyormiz. Bu o‘ziga xos oqshom bo‘ladi», — deya Keynning so‘zlarini Bayern & Germany keltirmoqda.

Hujumchi «Bavariya» «Leypsig»ga qarshi bahsdagi kabi ruhiyat bilan harakat qilishi kerakligini ta’kidladi. Shu bilan birga, u «Arsenal»ga qarshi o‘yin og‘ir kechishini kutmoqda.

Ma’lumot uchun, «Bavariya» va «Arsenal» o‘rtasidagi bahs 21-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Arsenal Arsenal
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar