«PSJ» muxlislari bugun Parijda bo‘lib o‘tadigan UYEFA Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-tur o‘yini oldidan "Barselona" futbolchilarining dam olishiga faol to‘sqinlik qilishdi.
Shunday qilib, Fransiya jamoasi muxlislari o‘yindan oldingi tunda «ko‘k-anorranglilar» joylashgan mehmonxona oldida shovqin ko‘tarib, fayerlar yoqishdi.
Umumiy bosqichning ikki turidan so‘ng Parij jamoasi olti ochko jamg‘arib, jadvalda birinchi o‘rinni egallab turibdi. «Ko‘k-anorranglilar» hisobida ham olti ochko mavjud bo‘lib, kataloniyaliklar ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot uchun, Chempionlar ligasining amaldagi g‘olibi aynan «PSJ» klubi hisoblanadi. Musobaqaning o‘tgan mavsumi finalida parijliklar Londonning «Arsenal» jamoasini 1:1 (4:3 pen.) mag‘lub etgandi. «PSJ» 2024/2025-yilgi mavsumda Chempionlar ligasida ham g‘olib chiqqan.
Avvalroq, «PSJ» YECHL doirasidagi «Barselona»ga qarshi o‘yin uchun qaydnomasini e’lon qilgani haqida xabar bergandik.