Bugun
47
O'zbek

APL klublari «Barsa» himoyachisi uchun kurashmoqda

Futbol
20 oktabr, 01:05
24 yoshli futbolchi 2023-yilda «Kornelya» klubidan kataloniyaliklar safiga ko‘chib o‘tgan.
APL klublari «Barsa» himoyachisi uchun kurashmoqda
Foto: Getty Images

«Liverpul», «Tottenhem» va «Chelsi» «Barselona» himoyachisi Jerar Martinga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Fussball News nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, APL klublaridan tashqari, kataloniyaliklar himoyachisiga «Bavariya» hamda «Inter» ham qiziqish bildirmoqda. Mutaxassislar Martinning markaziy himoyachi va chap qanot himoyachisi sifatida o‘ynay olishini alohida ta’kidlamoqda. Futbolchining universalligi va to‘p bilan muomala qilishdagi xotirjamligi ham e’tiborga sazovor.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli futbolchi 2023-yilda «Kornelya» klubidan «Barselona»ga ko‘chib o‘tgan. U ushbu mavsumda kataloniyaliklar safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi, ammo gol yoki assist qayd etmadi.

Ma’lumot o‘rnida, ispaniyalik himoyachining kataloniyaliklar bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali uning transfer narxini 40 million yevroga baholamoqda.

Avvalroq «Barselona» Jerar bilan shartnomani uzaytirmoqchi ekani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
Bugungi yangiliklar