Live
1
O'zbek

Ronaldu Portugaliya futbol federatsiyasidan jazosini yengillashtirishni so‘radi

Futbol
20 oktabr, 01:30
    23
41 yoshli hujumchi bosh murabbiy bilan kelishmovchilik sabab milliy jamoa qarorgohini muddatidan oldin tark etgandi.
Ronaldu Portugaliya futbol federatsiyasidan jazosini yengillashtirishni so‘radi
Foto: Getty Images

Portugaliya milliy jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya futbol federatsiyasidan jazosini yengillashtirishni so‘radi. U bunga futbol rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi va sportdagi xizmatlarini asos qilib ko‘rsatgan. Bu haqda Record nashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Ronaldu o‘z xatti-harakatlari uchun belgilangan jazoni yengillashtirish maqsadida uchta omilni keltirgan: «futbol rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi», «sportdagi xizmatlari» va «ish bo‘yicha haqiqatni aniqlashga hal qiluvchi hissa qo‘shgani».

Federatsiya dastlabki ikki vajni inobatga oldi, ammo uchinchisini rad etdi. Qarorda qayd etilishicha, «faktlarning katta qismi ochiq manbalarda mavjud bo‘lgani sababli uzoq va murakkab tergov o‘tkazish zarurati yo‘q edi».

Shuningdek, Ronaldu diskvalifikatsiyaga qaramay, noyabr oyidagi milliy jamoa o‘yinlariga chaqirilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, «An-Nasr» hujumchisi bosh murabbiy Jorge Jezush Millatlar ligasida Norvegiyaga qarshi (2:1) uchrashuvda uni maydonga tushirmaganidan so‘ng jamoa qarorgohini o‘zboshimchalik bilan tark etgandi. Buning uchun federatsiya futbolchini bir oyga diskvalifikatsiya qilgan va 255 yevro jarimaga tortgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

23 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar