Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldo yangi mineral suv brendiga 10 million yevro sarmoya kiritdi. Bu haqda SIC Noticias xabar berdi.
Uning hamkori Outeirinho kompaniyalar guruhi ham xuddi shuncha mablag‘ ajratgan. Shu tariqa, loyihaga kiritilgan umumiy investitsiya miqdori 20 million yevroga yetdi. Ronaldoning loyihadagi ulushi 50 foizni tashkil etadi.
Ma’lum qilinishicha, suvni qadoqlash zavodini ishga tushirish, shuningdek, mahsulotni Portugaliya va xalqaro bozorlarga olib chiqish 2027-yil oxiriga rejalashtirilgan. Brend dizaynini ishlab chiqish bilan Italiya studiyasi shug‘ullanmoqda.
Outeirinho kompaniyasi loyiha orqali bir necha o‘nlab yangi ish o‘rinlari yaratilishini kutmoqda. Ayni paytda kompaniya Portugaliyadagi suv bozorining 45 foizini egallaydi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldo avvalroq ham mineral suv brendiga sherik bo‘lgan. 2023-yil iyun oyida Madridda u hammuassislaridan biri bo‘lgan Ursu9 brendi taqdim etilgan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi