«Barselona» rahbariyati jamoaning markaziy himoyachisi Jerar Martinga yangi mehnat shartnomasini taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Barça Universal xabar berdi.
Futbolchining klub bilan amaldagi bitimi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan. Klub esa ushbu kelishuv muddatini yanada uzaytirmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik 24 yoshli futbolchi 2023 yilda «Barselona»ga qo‘shilgan. Klub uning transferi uchun atigi 100 ming yevro to‘lagan. Biroq keyinchalik «ko‘k-anorranglilar» bosh murabbiyi Hansi Flik Martinni markaziy himoyachiga aylantirdi.
Bu mavsumda Jerar La Ligada 6 ta uchrashuvda maydonga tushib, shularning 5 tasida asosiy tarkibda o‘ynadi. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.
Avvalroq Kataloniya klubi ving eri Rafinya ketma-ket ikkinchi oy La Ligada eng yaxshi futbolchi deb topilgandi.