Live
2
O'zbek

APLning 3 klubi Matanovichga qiziqish bildirmoqda

Futbol
3 oktabr, 10:05
Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.
APLning 3 klubi Matanovichga qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images

«Chelsi» va «Arsenal» jamoalari «Frayburg» hujumchisi Igor Matanovichga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Caught Offside xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Germaniya klubi 23 yoshli hujumchining transfer qiymatini 59 million yevro deb baholamoqda. Bu esa uning jamoadan ketishiga to‘sqinlik qilmaydi.

Shuningdek, «Manchester Yunayted» xorvatiyalik forvardga qiziqayotgan edi. Endilikda Londonning ikki jamoasi da’vogarga aylandi.

Ta’kidlanishicha, «Arsenal» Matanovichni Kay Havertsga muqobil variant sifatida ko‘rmoqda, chunki ikki futbolchining ko‘plab o‘xshash jihatlari bor.

Matanovich bu mavsumda barcha turnirlarda 7 ta uchrashuvda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 30 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar