Live
2
O'zbek

Chuameni Kamerunda bolalar uyini ochdi

Futbol
3 oktabr, 09:45
«Real» yarimhimoyachisi xayriya tashabbusi doirasida tarixiy vatani Kamerunda yangi ijtimoiy loyihani amalga oshirdi.
Chuameni Kamerunda bolalar uyini ochdi
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi va Fransiya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Orelyen Chuameni Kamerunning Manjo shahrida yangi bolalar uyini rasman ochdi. Bu haqda Kamerunning L'Équipe 237 nashri xabar berdi.

Tadbir futbolchining bevosita ishtirokida o‘tkazilgan. Chuameni tarixiy vatani hisoblangan Kamerunda ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.

Qayd etilishicha, bu Chuamenining mazkur muassasani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ilk loyihasi emas. Fransiyalik yarimhimoyachi 2024-yil dekabr oyida ham ushbu xayriya muassasasiga tegishli infratuzilmani rivojlantirish uchun shaxsiy mablag‘larini ajratgan.

O‘sha vaqtda futbolchi muassasada tarbiyalanayotgan bolalar uchun mo‘ljallangan yangi mini-sport majmuasi qurilishini to‘liq moliyalashtirgan.

Shu tariqa, Chuameni futbolchilik faoliyatidan tashqari, Kamerundagi ijtimoiy loyihalarni qo‘llab-quvvatlashda ham davom etmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar