L'Équipe xabariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar hakamlar tarkibini boshqarish jarayonlariga noqonuniy aralashishda gumon qilinmoqda. Ularga rasmiy hujjatlarni soxtalashtirish, ishonchni suiiste’mol qilish hamda shaxsiy ma’lumotlarni noqonuniy qo‘lga kiritish bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.
Tergov asosan hakamlar reytingini shakllantirish tizimi va ularni bahslarga tayinlash jarayonlariga qaratilgan.
Huquq-tartibot idoralari tergov doirasida Turkiya futbol federatsiyasining Istanbuldagi qarorgohida joylashgan VAR maxsus xonasida ham tintuv o‘tkazgan.