Live
1
O'zbek

Levandovski Polsha milliy jamoasida 7-marta het-trik qayd etdi

Futbol
3 oktabr, 08:45
Robert qariyb 7 yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor milliy jamoa libosida bir o‘yinda uchta gol urdi.
Levandovski Polsha milliy jamoasida 7-marta het-trik qayd etdi
Foto: Getty Images
02.10.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. B ligasi Polsha Polsha 6 : 0 Ruminiya Ruminiya

Polsha milliy jamoasi hujumchisi Robert Levandovski Millatlar Ligasi doirasidagi Ruminiyaga qarshi uchrashuvda het-trik qayd etdi.

Polsha ushbu bahsda raqibini 6:0 hisobida yirik hisobda mag‘lub etdi. 38 yoshli Levandovski jamoasining g‘alabasiga uchta gol bilan hissa qo‘shdi. Tajribali hujumchi 24, 47 va 86-daqiqalarda Ruminiya darvozasini ishg‘ol qildi.

Bu Levandovskining Polsha milliy jamoasi safida qayd etgan yettinchi het-trigi bo‘ldi. Shu bilan birga, u qariyb yetti yillik tanaffusdan keyin ilk bor milliy jamoa libosida bir o‘yinda uchta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Forvard bunga qadar so‘nggi marta 2019-yil oktabr oyida milliy jamoa safida het-trik qayd etgandi.

Faoliyati davomida «Borussiya D», «Bavariya» va «Barselona» kabi klublardagi o‘yinlari bilan tanilgan Levandovski yoshi o‘tib borayotganiga qaramay, Polsha milliy jamoasining hujum chizig‘ida yuqori samaradorlik ko‘rsatishda davom etmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Polsha Polsha
  • Ruminiya Ruminiya
  • UEFA Millatlar ligasi. B ligasi UEFA Millatlar ligasi. B ligasi
Bugungi yangiliklar