Live
6
O'zbek

Irlandiya milliy jamoasi himoyachisi hujjatlarda darvozabon sifatida qayd etildi

Futbol
27 sentabr, 08:30
Jimmi Dann UEFA talabi sabab Irlandiya milliy jamoasi qaydnomasiga darvozabon sifatida kiritildi.
Irlandiya milliy jamoasi himoyachisi hujjatlarda darvozabon sifatida qayd etildi
Foto: Getty Images
27.09.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. B ligasi Isroil Isroil 0 : 3 Irlandiya Irlandiya

Irlandiya milliy jamoasi darvozaboni Gevin Bazunu siyosiy sabablarga ko‘ra Millatlar ligasida Isroilga qarshi bahsda o‘ynashdan bosh tortdi. Shu sababli jamoada darvozabonlar soni bilan bog‘liq muammo yuzaga keldi.

UEFA reglamentiga ko‘ra, o‘yin qaydnomasida uch nafar darvozabon bo‘lishi talab etiladi. Ushbu talabni buzmaslik uchun Irlandiya milliy jamoasi himoyachisi Jimmi Dannni darvozabon sifatida qaydnomaga kiritdi.

Bu haqdagi ma’lumot UEFAning Irlandiya milliy jamoasi uchun ajratilgan rasmiy sahifasida ham ko‘rsatilgan. Shunday qilib, Dann hujjatlarda ayni paytda darvozabon sifatida qayd etilgan.

Ma’lumot uchun, Jimmi Dann klub miqyosida Angliya Chempionshipida ishtirok etayotgan «KPR» safida o‘ynamoqda. Jamoa ushbu musobaqa turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Isroil Isroil
  • Irlandiya Irlandiya
  • UEFA Millatlar ligasi. B ligasi UEFA Millatlar ligasi. B ligasi
Bugungi yangiliklar