Braziliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘ziga bildirilayotgan tanqidlar haqida fikr bildirdi.
«Mening ishim doimo tanqid qilingan va bundan keyin ham shunday bo‘ladi. Bu tanqidlar ushbu jamoa va futbolchilarning kelajagi bo‘yicha tasavvurimga ta’sir qilmaydi.
Tanqidlar mening kelajakdagi qarashlarimga qanday ta’sir qilishi mumkin? Hech qanday», — dedi italiyalik mutaxassis Avstraliya milliy jamoasiga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Ushbu jamoalar o‘rtasidagi birinchi o‘yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangandi. Lotin Amerikasi vakillari 90+5-daqiqadagi gol evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qolishgandi.
Anchelotti: «Tanqidlar jamoaning kelajagi bo‘yicha qarashlarimga zarracha ta’sir qilmaydi»
Futbol
28 sentabr, 14:24
Braziliya milliy jamoasi ustozi o‘ziga bildirilayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi.
Foto: Getty Images