Live
6
O'zbek

Mbappe YCHLda 3 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

Futbol
28 sentabr, 14:47
Etan «Betis» bilan o‘yinda raqibining yuziga zarba bergandi.
Mbappe YCHLda 3 o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi
Foto: Getty Images

UEFA Etan Mbappega nisbatan qanday jazo qo‘llanilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida «Lill»ning 19 yoshli vingeri «Betis» himoyachisi Natanga nisbatan qo‘li bilan raqibining yuziga zarba berib yuborgandi. Bu holat braziliyalik futbolchi uning ortidan kelib, yelkasiga qoqib qo‘yganidan so‘ng sodir bo‘lgan. Bellashuv bosh hakami Georgi Kabakov vaziyatni vide takror orqali ko‘rib chiqib, Etanga to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatgan.

UEFA Fransiya klubi futbolchisini ushbu turnirdagi 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi.

Shu tariqa Kilian Mbappening ukasi «Arsenal», «Galatasaroy» va «Budyo-Glimt»ga qarshi bahslarda ishtirok etmaydi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lille Lille
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar