Live
6
O'zbek

«YCHL kubogini Barselonaga qaytarishni xohlaymiz» — Yamal

Futbol
28 sentabr, 06:30
    31
Kataloniya klubi futbolchisi jamoaning turnirdagi muvaffaqiyati tajriba, mahorat va omadga bog‘liq ekanini ta’kidladi.
«YCHL kubogini Barselonaga qaytarishni xohlaymiz» — Yamal
Foto: Getty Images
13.10.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Galatasaray Galatasaray - : - Barselona Barselona

«Barselona» futbolchisi Lamin Yamal jamoaning ushbu mavsum Chempionlar ligasida g‘alaba qozonish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi.

Kataloniya klubi mazkur turnirda so‘nggi bor 2015-yilda g‘olib chiqqan. Ushbu mavsumda esa Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa musobaqaning asosiy favoritlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.

«Ko‘p narsa taqdirga bog‘liq. Chempionlar ligasida bir omadsiz oqshom ham barcha mehnatingizga nuqta qo‘yishi mumkin. Buning uchun mahorat va tajribaga ega bo‘lish, shuningdek, biroz omad ham kerak. Har mavsum tajribamiz oshib bormoqda va bu safar omad biz tomonda bo‘lishiga umid qilaman», — dedi Yamal.

«Biz turnirlarda shunchaki ishtirok etish uchun qatnashmaymiz — biz g‘alaba qozonishni istaymiz. Chempionlar ligasi kubogini Barselonaga qaytarishni xohlaymiz», — deya uning so‘zlarini Barca Universal keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona» ushbu mavsum Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 1-turida «Feyenoord»ni 5:1 hisobida mag‘lub etgan.

Ma’lumot uchun, «Barselona» Chempionlar ligasida so‘nggi bor 2015-yilda g‘olib chiqqan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Galatasaray Galatasaray
  • Barselona Barselona
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

31 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar