UEFA Millatlar ligasida 2-tur bahslari davom etmoqda.
B ligasi 2-guruhida Ukraina (4) safarda Gruziya (1) bilan golsiz durang qayd etdi. Guruhning ikkinchi o‘yinida Shimoliy Irlandiya (3) Vengriyani (0) qabul qiladi.
C ligasi 2-guruhida Armaniston (3) Chernogoriya (6) bilan gollarga boy bellashuvda alamli mag‘lubiyatga uchradi. Latviya (1) va Kipr" (1) o‘rtasidagi bellashuvda esa hisob ochilmadi.
Millatlar ligasi. 2-tur. 27-sentyabr
B ligasi, 2-guruh
Gruziya — Ukraina 0:0
Gruziya — Mamardashvili, Kakabadze, Goglichidze, Dvali, Lochoshvili, Sitaishvili, Kochorashvili (Egoian, 90+2), Kiteshvili (Mekvabishvili, 73), Chakvetadze (Davitashvili, 73), Kvaratsxeliya, Mikautadze (Kvernadze, 67),
Ukraina — Trubin, Bondar, Sarapi, Mixavko, Zubkov (Tsigankov, 79), Pixalenok (Ocheretko, 46), Xlan (Shaparenko, 65), Nazarina, Mixaylichenko, Ponomarenko (Yaremchuk, 46), Vanat (Sikan, 46).
C ligasi, 2-guruh
Armaniston — Chernogoriya 2:3
Gollar: Serobyan (34), Spertsyan (65) — Piloyan (20, avtogol), Krstovich (38), Latkovich (89).
Latviya — Kipr 0:0
Millatlar ligasi. Ukraina Gruziya maydonida durang qayd etdi va boshqa natijalar
Futbol
28 sentabr, 14:00
2
Xvicha va jamoadoshlari ketma-ket ikkinchi o‘yinda raqibdan ko‘proq vaziyat yaratib, gol ura olmadi.
Foto: Getty Images
28.09.2026
FT
UEFA Millatlar ligasi. B ligasi
Gruziya
0
:
0
Ukraina
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi