Germaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Millatlar ligasidagi omadsiz startdan so‘ng futbolchilarni emas, o‘zini tanqid qilishga chaqirdi.
Nemislar safarda Niderlandiya (1:1) bilan durang o‘ynadi, o‘z maydonida esa Gretsiyaga (0:1) mag‘lub bo‘ldi. Bu — Germaniya milliy jamoasi tarixidagi barcha murabbiylar orasidagi eng yomon start.
1 oktabr kuni jamoa Serbiyani qabul qiladi, 4 oktabrda esa safarda Gretsiya bilan o‘ynaydi.
«Tushkunlikka tushishim yoki «Biz juda yomonmiz», deb aytishim uchun hech qanday sabab yo‘q. Unday emas. Ammo biz unchalik yaxshi ham emasmiz. Futbolchilarga nisbatan «Ular buni va uni qila oladi, mana buni esa qila olmaydi» qabilida yakuniy hukm chiqarilishini istamayman.
Agar kimnidir tanqid qilmoqchi bo‘lsangiz, meni tanqid qiling. Yangi futbolchilarga milliy jamoada rivojlanish imkoniyatini bering. O‘zini ko‘rsatganlar o‘z klublarida yuqori darajadagi futbolchilardir va ular mening qo‘llab-quvvatlashimdan foydalanishadi. Meni tanqid qiling, ammo bu yigitlarni emas.
Boshimizga kul sochib o‘tirishning hojati yo‘q. Ayrim futbolchilarning hushtakbozlik bilan qarshilanayotganidan hayron qoldim. Kelajak biz tasavvur qilayotganimizdek yorqin. Bor kuchimizni berib, oldinga harakat qilyapmiz. Shu yo‘lda davom etamiz», — dedi Klopp Sky Sport efirida.
Klopp: «Futbolchilarni emas, meni tanqid qiling»
Futbol
28 sentabr, 11:50
7
Germaniya bosh murabbiyi omadsiz startdan keyin ham jamoaning kelajagi yorqin ekaniga ishonmoqda.
Foto: Getty Images
27.09.2026
FT
UEFA Millatlar ligasi. A liga
Germaniya
0
:
1
Gretsiya
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi