Live
6
O'zbek

Bernardu Silva Edegorning tanqidiga javob berdi: «Bu futbol, birodar»

Futbol
28 sentabr, 09:40
Portugaliyalik futbolchi Norvegiyaga qarshi o'yindagi bahsli vaziyat bo'yicha raqib sardorining fikriga javob berdi.
Bernardu Silva Edegorning tanqidiga javob berdi: «Bu futbol, birodar»
Foto: Getty Images
27.09.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Norvegiya Norvegiya 1 : 2 Portugaliya Portugaliya

Portugaliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Bernardu Silva UEFA Millatlar ligasi bahsidan so‘ng Norvegiya sardori Martin Edegorning tanqidiga javob berdi. Portugaliya 27-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan 2-tur bahsida Norvegiyani 2:1 hisobida mag‘lub etgandi.

Bellashuv yakunida Silva Edegorga qarshi podkat ishlatgan va norvegiyalik futbolchi ushbu vaziyatdan so‘ng jarohat olgan. Martin maydonni oqsoqlanib tark etgani sabab uning milliy jamoa va klubdagi navbatdagi bahslarda ishtirok etishi borasida xavotirlar yuzaga kelgan.

Edegor mazkur epizodni futbolda bo‘lishi mumkin bo‘lmagan holat deb atagan. Norvegiya sardorining aytishicha, Silva to‘p uzatilganidan keyin ham uni yiqitgan va futbolchi raqibining bunday harakatiga sababni tushunmagan.

«Bu futbol, birodar», — dedi Silva. Uning so‘zlarini Sport.es keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, Norvegiya va Portugaliya o‘rtasidagi bahsda portugaliyaliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Portugaliya safida Joau Feliks va Gonsalu Ramush, Norvegiya tarkibida esa Erling Holand gol urdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Norvegiya Norvegiya
  • Portugaliya Portugaliya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar