Live
7
O'zbek

«U — barchamiz uchun namuna». Fernandesh Ronalduning onasiga javob qaytardi

Futbol
25 noyabr, 06:05
    17
Avvalroq 41 yoshli hujumchining onasi o‘g‘li milliy jamoada hurmat qilinmaganini aytgandi.
«U — barchamiz uchun namuna». Fernandesh Ronalduning onasiga javob qaytardi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted» klubi va Portugaliya terma jamoasi yarimhimoyachisi Brunu Fernandesh Krishtianu Ronalduning onasi o‘g‘li milliy jamoada hurmat qilinmagani haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi.

«Ehtimol, Krishtianu vaziyatni haqiqatan ham shunday his qilgandir. Milliy jamoada hamma unga doimo imkon qadar hurmat ko‘rsatishga harakat qilgan. U barchamiz uchun asosiy namuna hisoblanadi. Agar u bu hurmatni his qilmagan bo‘lsa, men kim bo‘libman-u, buning aksini da’vo qilsam?

Milliy jamoa futbolchisi sifatida shuni ayta olamanki, biz qilgan barcha ishlarimizda nafaqat futbolchiga, balki insonga ham hurmat ko‘rsatishni maqsad qilganmiz»,
— deya yarimhimoyachining so‘zlarini keltiradi A Bola.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

17 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar