Live
6
O'zbek

Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi safida xayrlashuv o‘yinini o‘tkazishi mumkin — manba

Futbol
20 noyabr, 09:35
    37
Biroq hozircha biror o‘yin rasman tasdiqlanmagan va uning sanasi ham belgilanmagan.
Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi safida xayrlashuv o‘yinini o‘tkazishi mumkin — manba
Фото: Getty Images

«An Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu Portugaliya milliy jamoasi safida xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazishi mumkin. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

41 yoshli futbolchi 5-noyabr kuni Portugaliya milliy jamoasidagi faoliyatini rasman yakunlagandi. Shunga qaramay, afsonaviy hujumchi uchun maxsus xayrlashuv uchrashuvi bo‘lib o‘tishi mumkin.

Biroq hozircha biror o‘yin rasman tasdiqlanmagan va uning sanasi ham belgilanmagan. Bunday tadbirni o‘tkazish futbolchining milliy jamoadan ketishi ortidan yuzaga kelgan taranglikni yumshatishga hamda Ronaldu vakillari va Portugaliya futbol federatsiyasi o‘rtasidagi kelishuvga bog‘liq bo‘ladi.

Ronaldu va milliy jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezush o‘rtasida kelishmovchilik bo‘lishiga qaramay, futbolchining xayrlashuv bahsida ishtirok etish ehtimoli mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Krishtianu Portugaliya safidagi debyutini 2003-yil 20-avgust kuni Qozog‘istonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida (1:0) o‘tkazgan. Shu vaqt davomida 234 ta o‘yinda maydonga tushib, 146 ta gol urgan va 45 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

37 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar