Live
7
O'zbek

Maxachev keyingi raqibi kim bo‘lishi mumkinligini aytdi

MMA
25 noyabr, 06:27
UFC chempioni yanvardan tayyorgarlikka kirishadi.
Maxachev keyingi raqibi kim bo‘lishi mumkinligini aytdi
Foto: Getty Images

UFC chempioni Islom Maxachev yanvar oyidan boshlab navbatdagi jangga tayyorgarlikni boshlashini ma’lum qildi.

— Men yanvar oyidagi da’vogarlar jangini kutyapman. Undan keyin kim bilan jang qilishim ma’lum bo‘ladi.

— Bu Morales — Prates juftligidan biri bo‘ladimi?

— Ha, ulardan biri.

— Yozdami?

— Bilmayman. Men yanvar oyidan tayyorgarlikni boshlayman, ammo bu ularga ham bog‘liq bo‘ladi, — dedi Maxachev Match TVga bergan intervyusida.

Prates va Morales o‘rtasidagi jang 31-yanvar kuni Toronto shahrida UFC 336 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.

Bugungi yangiliklar