Live
3
O'zbek

Ronaldu Norvegiyaga qarshi o‘yin tugashi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri stadionning tribuna ostidagi xonalari tomon yo‘l olgan

Futbol
28 sentabr, 02:00
    60
Bu paytda boshqa futbolchilar Norvegiyaga safar o‘yini uchun kelgan muxlislarga minnatdorchilik bildirgan.
Ronaldu Norvegiyaga qarshi o‘yin tugashi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri stadionning tribuna ostidagi xonalari tomon yo‘l olgan
Foto: Getty Images
27.09.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Norvegiya Norvegiya 1 : 2 Portugaliya Portugaliya

Portugaliya milliy jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Millatlar Ligasi guruh bosqichi 2-turi doirasida Norvegiyaga qarshi 2:1 hisobidagi g‘alabadan keyin stadionni tark etdi. Bu haqda O Jogo xabar berdi.

Final hushtagi chalinishi bilan 41 yoshli hujumchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri stadionning tribuna ostidagi xonalari tomon yo‘l olgan. Bu paytda esa Portugaliya milliy jamoasining boshqa futbolchilari maydonda qolib, Norvegiyaga safar o‘yini uchun kelgan muxlislarga minnatdorchilik bildirgan. Qayd etilishicha, Oslodagi uchrashuvni stadiondan kuzatish uchun 500 nafarga yaqin portugaliyalik muxlis tashrif buyurgan.

Ma’lumot o‘rnida, Ronaldu Norvegiyaga qarshi bahsni to‘liq zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi va maydonga tushmadi. Bu futbolchining so‘nggi 18 yil ichida Portugaliya milliy jamoasining rasmiy uchrashuvida qaydnomadan joy olib, bir daqiqa ham o‘ynamagan ilk holati bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Norvegiya Norvegiya
  • Portugaliya Portugaliya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

60 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar