Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush Millatlar Ligasi doirasidagi Norvegiyaga qarshi 2:1 hisobida g‘alaba qozonilgan uchrashuvda Krishtianu Ronalduni maydonga tushirmaganining sababini aytdi.
«An-Nasr» hujumchisi uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi va maydonga tushmadi. Uning o‘rnida hujumda harakat qilgan Gonsalu Ramush esa portugaliyaliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
«Uni yarim soatga maydonga tushirishni rejalashtirgandim, ammo o‘yin davomida boshqa vaziyatlar yuzaga keldi. O‘sha paytda uni maydonga tushirish to‘g‘ri qaror bo‘lmaydi deb hisobladim. Oldinda yana ikkita o‘yinimiz bor.
Gap uni asrashni istaganimda emas. U men xohlagancha vaqt o‘ynashga tayyor edi. Bu mening qarorim bo‘ldi. O‘sha vaziyatda menga boshqa xususiyatlarga ega futbolchi kerak edi.
Biroq bu Ronaldu endi rejalarimga kirmaydi degani emas. Aksincha. Balki u Daniyaga qarshi keyingi uchrashuvda maydonga tushar», — dedi Jezush.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi