«Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa hujumkor yarim himoyachisi Florian Virtzni himoya qildi.
«Florianning «Liverpul»ga juda noqulay paytda kelganini ko‘rish mumkin. Bu Diogu Jotaning vafoti bilan bog‘liq. Virtz jamoaga shunday bir vaqtda qo‘shildiki, o‘sha kunlarda futbol futbolchilar uchun birinchi o‘rindagi masala emasdi. Buni to‘liq tushunish mumkin.
Har qanday sharoit bo‘lsa ham, u «Liverpul»dagi ilk mavsumida juda ko‘p narsani o‘rgandi. Endi esa yangi bosh murabbiy qo‘l ostida yangi mavsum boshlandi va Florian har bir o‘yinda asosiy tarkibdan joy olmoqda. Jismoniy jihatdan u yaxshi holatda, jamoa esa asta-sekin bir-biriga moslasha boshladi. Futbolni yaxshi ko‘radigan har qanday inson Virtz qanday iqtidorli futbolchi ekanini ko‘rib turibdi», – deya Kloppning so‘zlarini keltiradi Goal nashri.
Florian «Liverpul» safida o‘tkazgan 55 o‘yinda 7 ta gol urgan va 11 ta golli uzatma amalga oshirgan.