Live
9
O'zbek

Norchayev: «Eronga anchadan buyon yutqazmayapmiz — bu juda yaxshi»

Futbol
26 sentabr, 11:34
    8
O‘zbekiston milliy jamoasi hujumchisi Eron bilan o‘yin haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Norchayev: «Eronga anchadan buyon yutqazmayapmiz — bu juda yaxshi»
Foto: UFA

Namanganning «Navbahor» klubi va O‘zbekiston milliy jamoasi forvardi Husayn Norchayev jurnalistlar savollariga javob berdi.

«Golga keladigan bo‘lsak, Mahmud juda ajoyib uzatma amalga oshirdi. Men o‘z ishimni qildim, deb o‘ylayman.

Juda yaxshi o‘yin bo‘ldi. Yaxshi bilamiz, Eron ancha kuchli jamoalardan. Biz anchadan beri eronliklarga mag‘lubiyatga uchramayapmiz, bu ham bizga juda yaxshi bo‘lyapti.

Yangi taktik sxemaga o‘tildi. Kamchiliklar nimalarda bo‘ldi deb o‘ylaysiz?
G‘alaba qozondik. Menimcha, kamchilik bo‘lmadi, yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, deb o‘ylayman», - dedi Husayn Norchayev.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha O‘zbekiston milliy jamoasi o‘rtoqlik o‘yinida Eron milliy jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi. Farg‘onada o‘tkazilgan bahsda 3:1 hisobida qayd etildi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

8 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar