Live
9
O'zbek

Nasri Fransiya milliy jamoasini Ispaniya bilan taqqoslashga munosabat bildirdi

Futbol
26 sentabr, 10:55
«Man Siti» va «Arsenal» klublari sobiq a’zosi ushbu ikki milliy jamoalarni taqqoslashga salbiy munosabatda bildirdi.
Nasri Fransiya milliy jamoasini Ispaniya bilan taqqoslashga munosabat bildirdi
Foto: Gettyimages

Angliyaning «Manchester Siti» va Londonning «Arsenal» klublarining fransiyalik sobiq yarimhimoyachisi Samir Nasri Fransiya va Ispaniya milliy jamoalarini taqqoslashga negativ munosabat bildirdi.

«Ispaniyaning juda aniq futbol falsafasi bor. U yerda murabbiy o‘zgargan taqdirda ham, qanday futbol o‘ynash kerakligini barcha, juda yaxshi biladi. Fransiyaning o‘z o‘yin uslubi yo‘q. Angliya haqida ham xuddi shunday desa mubolag‘a bo‘lmaydi», — deya Samir Nasrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Touchline nashri o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya va Ispaniya milliy jamoalari yozda AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tgan jahon chempionati-2026 yarimfinal bosqichida o‘zaro ro‘baro‘ keldi. Ispanlar o‘sha o‘yinda Oyarsabal va Porroning gollari evaziga 2:0 hisobida zafar quchgan edi. Keyinchalik de la Fuente shogirdlari jahon chempionati oltin medallarini qo‘lga kiritdi, Fransiya esa to‘rtinchi o‘rin bilan cheklanishga majbur bo‘ldi.

Bugungi yangiliklar