Live
7
O'zbek

Tuxel: «Ispaniya bilan o‘yinda o‘z darajamizni ko‘rsatib qo‘ymoqchimiz»

Futbol
26 sentabr, 11:58
Angliya milliy jamoasi ustozi UYEFA Millatlar Ligasi guruh bosqich 1-tur doirasidagi o‘yin oldidan fikrlarini bildirdi.
Tuxel: «Ispaniya bilan o‘yinda o‘z darajamizni ko‘rsatib qo‘ymoqchimiz»
Foto: Gettyimages
26.09.2026, 14:45 UEFA Millatlar ligasi. A liga Angliya Angliya - : - Ispaniya Ispaniya

Angliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel UYEFA Millatlar ligasi guruh bosqichining 1-turi doirasida Ispaniyaga qarshi bellashuvdan nimalar kutayotgani haqida o‘rtoqlashdi.

Agar Ispaniya ustidan g‘alaba qozonmoqchi bo‘lsak, bizga mukammal o‘yin zarur. Biz ularni mag‘lub etadigan jamoa bo‘lishni va o‘z kuchimizni isbotlashni istaymiz. Men Ispaniyadan nusxa ko‘chirishning ma’nosini ko‘rmayapman va nusxa hech qachon asl variantdan yaxshiroq bo‘lishi mumkin, deb hisoblamayman. Men bunda ma’noni ko‘rmayapman. O‘z navbatida bu ular yaxshi bajarayotgan ishlarni e’tiborsiz qoldirish yoki inkor etishimiz kerak degani emas», - deya Tomas Tuxelning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Sky Sports.

Eslatib o‘tamiz, Angliya va Ispaniya milliy jamoalari o‘rtasidagi bahs bugun, 26-sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Angliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Bugungi yangiliklar