«Barselona» klubi markaziy himoyani kuchaytirish bo‘yicha izlanishda davom etmoqda.
El Nacional nashri xabar berishicha, Kataloniya klubi Pau Kubarsi bilan ishonchli himoyaviy juftlik shakllantirishni istamoqda.
Klub bosh murabbiyi Xansi Flick Jerar Martinga ishonch bildirmoqda. Biroq mutaxassis uni jamoa asosiy tarkibida doimiy ravishda o‘ynay oladigan darajadagi futbolchi deb hisoblamaydi.
Shu sababli kataloniyaliklar markaziy himoya chizig‘iga yangi futbolchi jalb qilish variantlarini ko‘rib chiqmoqda. Hozirda klubning qisqa ro‘yxatida uch nafar futbolchi bor. Ular orasida Flickka eng ko‘p yoqadigan nomzod — «Borussiya D» himoyachisi Niko Shlotterbek. Germaniyalik futbolchi o‘zining jismoniy va texnik imkoniyatlari bilan kataloniyaliklar ustozida yaxshi taassurot qoldirgan.
Klub qisqa ro‘yxatga 32 yoshli Emerik Laport («Atletik») va 18 yoshli Rud Neystad («Tvente»)ni ham kiritgan. Biroq Neystad hozircha asosiy tarkib uchun tayyor futbolchi emas, balki kelajak uchun investitsiya sifatida ko‘rilmoqda.