Live
2
O'zbek

Petr Yanning o‘g‘li chempionga sekundantlik qilmoqchi: «Kamarni birgalikda ko‘tarishimizni istayman»

MMA
26 sentabr, 13:29
Eng yengil vazn toifasidagi UFC chempioni katta o‘g‘li Daniil unga sekundant bo‘lishni taklif qilganini aytdi.
Petr Yanning o‘g‘li chempionga sekundantlik qilmoqchi: «Kamarni birgalikda ko‘tarishimizni istayman»
Foto: Gettyimages

Yengil vazn toifasidagi UFC chempioni Pyotr Yan katta o‘g‘li Daniil gruziyalik Merab Dvalishvili bilan bo‘lajak jangda unga sekundant bo‘lishni taklif qilgani haqida gapirib berdi.

«Daniil jang bo‘lishini bilgach, menga shunday dedi: «U yerga viza kerak emas-ku, men sizning sekundantingiz bo‘laman». Bilasizmi, u nima deydi? «Men hech qanday ortiqcha gap gapirmayman. Bilaman, Qayrat ucha oladi. Qayrat — burchakdagi murabbiy. Men shunchaki suv uzatib tursam bo‘ladimi?» (Kuladi.) Men javoban: «O‘zi u yerda umuman nimani ko‘rmoqchisan?» U: «Men bu his-tuyg‘ularni boshdan kechirmoqchiman». Men: «Qanday his-tuyg‘ularni?» — «Men siz bilan birgalikda kamarni ko‘tarishni xohlayman» (kuladi)», — dedi Yan YouTube’dagi MMA TEAM Gorilla Fighting kanaliga bergan intervyusida.

Bugungi yangiliklar