«Real» hujumchisi Kilian Mbappe Millatlar ligasi 1-turida Turkiyaga qarshi bahsda jarohat olgandi.
26-sentyabr, shanba kuni Madrid klubi Mbappening tashxisini ma’lum qildi. Ammo hujumchining qachon safga qaytishi haqida ochiqlamadi.
Jurnalist Arancha Rodriges ma’lumotiga ko‘ra, Kilian taxminan ikki haftadan so‘ng safga qaytishi kutilmoqda.
Fransiyalik forvardning «El-Klasiko»da ishtirok etishi borasida hech qanday xavf yo‘q. U Fransiyaning keyingi bahslarida qatnasha olmaydi. Lekin klub safida maydonga qaytish ehtimoli bor.
Mbappe Turkiyaga qarshi bahsning 54-daqiqasida bellashuvdagi yagona golga mualliflik qildi. Biroq 59-daqiqada zaxiraga olingandi.
Ma’lumot uchun, «Barselona» va «Real» o‘rtasidagi bahs 25-oktyabr kuniga belgilangan. Hozirda La Liga turnir jadvalida kataloniyaliklar yakka peshqadam hisoblanadi. Madrid klubi esa 2-o‘rinda bormoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi