O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA kunlari doirasidagi navbatdagi o‘rtoqlik bellashuvini 1 oktabr kuni o‘tkazadi.
Fabio Kannavaro boshchiligidagi «oq bo‘rilar» shu kuni Toshkentda Suriya milliy jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu bahs «Paxtakor» stadionida soat 19:00da boshlanadi.
Milliy jamoa 24 sentabr kuni Farg‘onada Eronga qarshi o‘ynab, 3:1 hisobida g‘alaba qozongan edi. Eldor Shomurodov bellashuvda dublni rasmiylashtirgan. Yana bir gol Husayn Norchayev hisobiga yozilgandi.
Shuningdek, O‘zbekiston milliy jamoasi FIFA kunlari doirasida 6 oktabr kuni safarda Janubiy Koreyaga qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Turnir 2027 yilning 7 yanvaridan 5 fevraliga qadar Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. B guruhida ishtirok etadigan milliy jamoa keyingi bosqich yo‘lida Bahrayn, Shimoliy Koreya va Iordaniyaga qarshi bahs olib boradi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi