«Liverpul» tarkibni kuchaytirish bo‘yicha kelgusi rejalarini ishlab chiqmoqda. Bu haqda Football Insider xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar «Real» yarimhimoyachisi Orelyen Chuameni transferini amalga oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Ushbu kelishuv yanvar oyida amalga oshishi mumkin.
Angliya klubi 26 yoshli fransiyalik futbolchi orqali maydon markazini kuchaytirishni rejalashtirmoqda.
Biroq ushbu transferni amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Sababi u «Real» tarkibida muhim o‘rin egallaydi va jamoa yarimhimoyasining asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi.
Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 70 million yevro atrofida baholamoqda. Chuameni «Real» safida barcha turnirlarda 199 ta uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Avvalroq Orelyen xizmatiga «Manchester Yunayted» jamoasi qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgandi.