Live
2
O'zbek

«Chelsi», «Liverpul» va «Siti» Bastoni uchun kurashadi — TEAMtalk

Futbol
26 sentabr, 10:38
Ingliz grandlari qishki transferlar oynasi davrida italiyalik himoyachi transferini amalga oshirishga harakat qiladi.
«Chelsi», «Liverpul» va «Siti» Bastoni uchun kurashadi — TEAMtalk
Foto: Gettyimages

Angliyaning «Chelsi», «Liverpul» va «Manchester Siti» klublari Italiyaning «Inter» klubi markaziy himoyachisi Alessandro Bastoniga qiziqishini saqlab qolmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, «Chelsi»dagi italiyalik futbolchining uch nafar markaziy himoyachi bilan taktik sxemada o‘ynay olishini alohida ta’kidlashmoqda. Ma’lumot uchun Xabi Alonso Londonda aynan mana shu taktikadan foydalanmoqda. O‘z navbatida, «Liverpul» Bastonini 35 yoshli jamoa yetakchisi Virjil van Deykka ehtimoliy o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. «Manchester Siti» esa Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirayotgan Ruben Diash Manchesterni tark etgan taqdirda, 27 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishni maqsad qilgan.

Ma’lumot uchun, Bastonining transferi 70 mln £ (81,2 mln €)ga baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Inter Inter
  • Liverpul Liverpul
  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Chelsi Chelsi
Bugungi yangiliklar