Live
4
O'zbek

«Manchester Siti» futbolchilari klubdan ketishni o‘ylamoqda

Futbol
26 sentabr, 09:00
Jamoaning ayrim yetakchi futbolchilari klubga nisbatan qo‘llanishi mumkin bo‘lgan sanksiyalardan xavotirda.
«Manchester Siti» futbolchilari klubdan ketishni o‘ylamoqda
Foto: Getty Images

«Manchester Siti»ning bir nechta yetakchi futbolchisi moliyaviy qoidalar buzilgani haqidagi ish atrofidagi noaniqlik sabab klubdan ketish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Touchline xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, jamoaning ayrim yulduzlari yuz berayotgan voqealardan norozi bo‘lib, klubga nisbatan sanksiyalar qo‘llanilgan taqdirda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlardan tobora ko‘proq xavotirda.

Avvalroq «Manchester Siti» Angliya Premyer-ligasining moliyaviy qoidalarini buzish bilan bog‘liq 115 ta ayblovning 114 tasi bo‘yicha aybdor deb topilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Klub ehtimoliy jazoga qarshi apellyatsiya berishni rejalashtirmoqda. Xabarlarga ko‘ra, ehtimoliy sanksiyalar qatorida jarima, ochkolarni olib tashlash va APLdan chetlatish kabi choralar ham ko‘rib chiqilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar