Live
1
O'zbek

Superliganing 11 klubini tadbirkorlarga berish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi

Futbol
26 sentabr, 02:20
    14
Endilikda klublarga rasman homiylik qiladigan tadbirkorlar soliq va reklama borasida imtiyozlarga ega bo‘ladi.
Superliganing 11 klubini tadbirkorlarga berish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi
Foto: UFA

Superliganing bir qancha klublarini ishonchli boshqaruv asosida tadbirkorlarga berish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.

«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-martdagi «Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorining 12-bandi (b)-kichik bandiga muvofiq, professional futbol klublari faoliyati bilan bog‘liq yillik barcha xarajatlarning kamida 20 foizi miqdorida homiylik mablag‘larini kiritgan tadbirkor yoki tadbirkorlar guruhiga «Bunyodkor», «Buxoro», «Dinamo», «Qizilqum», «Navbahor», «Nasaf», «Neftchi», «Lokomotiv», «Mash’al», OKMK, «Paxtakor» futbol klublarini ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi.

🔘 Professional futbol klublarini ishonchli boshqaruvga olgan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida ular uchun quyidagi imtiyozlar nazarda tutiladi:

➖ (a) foyda solig‘ini hisoblashda yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi klublar faoliyatini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan homiylik xayriyalari shaklidagi mablag‘lar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning 10 foizidan oshmagan miqdorda kamaytiriladi;

➖ (b) futbol klublari futbolchilarining jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi hamda ular uchun ijtimoiy soliq stavkasi 1 foiz miqdorida belgilanadi;

➖ (v) likvidli garov ta’minotini (klub balansida bo‘lgan bino, inshoot va yer maydonlari bundan mustasno), shuningdek istiqbolli biznes-rejalarni taqdim etgan holda tijorat banklari tomonidan klublarni sotib olish yoki sport obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari uchun 1 yillik imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga yillik 14 foiz stavkada kredit ajratiladi;

➖ (g) klubni boshqaruvga olgan tadbirkorlarning o‘z mahsulot (xizmat)larini sportni ommalashtirish va yanada targ‘ib qilishga yo‘naltirilgan efirlar translyatsiyasi davomida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi markaziy va hududiy telekanallarda reklama qilishda 50 foizlik chegirmalar beriladi»
, — deyiladi xabarda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • Neftchi Fargona Neftchi Fargona
  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
  • Buxoro Buxoro
  • Ko'proq ko'rsatish
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

14 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar